Mintaqamizdagi eng qulay fiskal tizimini yaratish boʻyicha katta oʻzgarishlarga erishildi. Xususan, qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 12 foizga tushirildi. Ilgari ushbu soliq stavkasi 20 foiz edi.

Shuningdek, qoʻshilgan qiymat soligʻini eksportchi korxonalarga 7 kun ichida qaytarish joriy qilindi, soliq va bojxonada oʻzaro hisobga olish yoʻlga qoʻyildi. Shu paytgacha 2 ta alohida tizim orasida investorlar sarson edi.

Bundan tashqari, xorijiy investorlar aksiyalaridan oladigan dividendlari uch yil muddatga soliqdan ozod qilindi, ular uchun foyda soligʻi 20 foizdan 12 foizga tushirildi. 

Muhimi – soliq va bojxona qonunlariga yangi yoki ogʻirlashtiruvchi javobgarlik choralari kiritilmasligi qatʼiy belgilab qoʻyildi.