Sohaga oid qanday islohotlar amalga oshirilgan?
Oʻzbekiston Prezidentining tegishli Farmoni va Hukumat qaroriga asosan 2019-yilning 1-mayiga qadar respublika miqyosida bir martalik umumdavlat aksiyasi oʻtkazildi;
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmasi tashkil etildi;
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyish tartibi yana-da takomillashtirildi;
“Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yana-da kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonun qabul qilindi;
“Yer uchastkalarini noqonuniy olib qoʻyganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi.