баннер
24 Mar 2025
04:26

    Sopol buyumlari yaratishning koʻhna siri ochiqlandi

    Madaniyat 29 Mart 2023 3561

    Urgutlik sulola vakili kulol Mahkam Abloqulov mustahkam va olovga chidamli sopol buyumlar yaratish sirlarini ochiqladi. Ushbu texnologiya necha yillardan buyon avloddan-avlodga oʻtib kelmoqda.

    Buyumlarning oʻzi mahalliy loydan kulol charxida qolipga solingan, mustahkam boʻlishi uchun loyga qamish paxmoqlari — tuzgak aralashtirilgan.

    Keyin quritilgan sopol mahsulotlar olovga chidamli oq loy — gil bilan qoplangan. Quyoshda quritilgan buyumlar suyuq qizil loy – qizil-kesak suvi bilan yuvilgan. Bu idishlarga qizgʻish fonni beradi.

    Quritilgan buyum yuzasiga choʻp bilan naqsh chizilgan. Bu xarosh choʻp deb atalgan. Shundan soʻng, idish-tovoqlar moʻyqalam bilan boʻyalgan, sirlangan va pishirilgan.

    Ustaning taʼkidlashicha, 1910-yillargacha ishqorli sir qoʻllanilgan. Undan keyin qoʻrgʻoshin sirdan foydalanila boshlagan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech