Mazkur tanlovlar aholi muammolarini “xonadonbay” va “fuqarobay” oʻrganish va ularni hal etishga koʻmaklashish, “Ayollar daftari” tizimi samaradorligini taʼminlash hamda ayollarning muammolarini hal etishda oʻzining fidokorona mehnati bilan barchaga namuna koʻrsatgan masʼullarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazildi.

Unda “Eng yaxshi sektor rahbari” sifatida Soʻx tumani prokurori, 2-sektor rahbari - Sadirali Mirzokarimov tanlov gʻolibi deb topilib, unga diplom hamda Prezident sovgʻasi – “Gentra” rusumli avtomobil tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Eng yaxshi xotin qizlar faoli”, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi” tanlovi gʻoliblari ham taqdirlandilar.