Kiberxavfsizlik yoʻnalishi boʻyicha faoliyat olib boruvchi “Morphisec” kompaniyasi oʻz hisobotida “Facebook” ijtimoiy tarmogʻida soxta reklamalar orqali maʼlumotlarni va akkauntlarni egallab oluvchi yangi “SYS01stealer” zararli havolasi aniqlanganligi haqida maʼlumot berdi.
“SYS01stealer” oʻz qurbonlarini asosan “Google Ads” reklama platformasi va “Facebook” soxta akkauntlardan foydalangan holda turli koʻrinishdagi oʻyinlar va bepul dasturlarning reklamasi orqali jalb qilib, zararli faylni koʻchirib olishga undaydi.
“SYS01stealer” asosan “Facebook” ijtimoiy tarmogʻidagi korporativ va biznes-akkauntlarga yoʻnaltirilgan boʻlib, egallangan akkauntlar zararli havolani yanada keng tarqalishiga olib keladi. Bu haqida Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.