Bu jarayonda tuman va shahar sektor rahbarlari mahallalarda zamonaviy va yengil konstruksiyali “xizmatlar markazi”ni, aholini oʻziga jalb qiladigan savdo va xizmatlar uchun maxsus koʻchalar tashkil etish, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining, odamlarga xalaqit bermaydigan holatda, kunu tun ishlashiga ruxsat berish koʻzda tutiladi.

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga koʻra, mustaqilligimizning 30 yilligi bayramiga qadar hokimlar viloyat markazlari va shaharlarda 3-4 ta, Toshkent shahar hokimi esa poytaxtning 10 ta koʻchasini aholi gavjum, zamonaviy savdo va xizmatlar markaziga aylantiradi.