Kompaniyaning qayd etilishicha, Falcon 9 raketasi hamda Crew Dragon kemasi Floridadagi 39A maydonchasiga oʻrnatilgandi. Va ular shu yerdan fazoga koʻtarildi.
Tadbirkor Jared Ayzekman, bolalar bogʻchasi xodimi Xeyli Arseno, tajribali uchuvchi Kris Sembroski hamda pedagog Sian Proktor Fazoviy kemada koinotga koʻtarildi.
Ular haqiqiy fazogirlar singari uzoq muddatli tayyorgarlikdan oʻtmadi. Kompaniya ularni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazdi hamda ularga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Ekipaj aʼzolari koinotda taxminan uch kun boʻlib turishadi.