баннер
31 Mar 2025
08:12

    Sport gimnastikasi: Oksana Chusovitina Germaniyada sovrindorlikka erishdi

    Dunyo sport gimnastikasining oʻnlab nomdor sportchilari, Olimpiya oʻyinlari va jahon chempionlari ishtirok etayotgan bahslarda oʻzbekistonlik sportchilar ham gʻoliblik uchun kurash olib bormoqda.

    Eʼtiborli jihati, mazkur nufuzli musobaqada gimnastika afsonasi, bu yil 50 yoshni qarshi olayotgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina oʻz mahoratini namoyish etdi.

    “Los-Anjeles-2028” Olimpiya oʻyinlariga muhim reyting ochkolarini taqdim etadigan yilning ilk nufuzli musobaqasida Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida 13.249 ball jamgʻarib, bronza medalga sazovor boʻldi.

    Eslatib oʻtamiz, jahon kubogining ikkinchi bosqich musobaqalari joriy yilning 6-9-mart kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boʻlib oʻtadi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech