Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan subsidiya mablagʻlarini maqsadli sarflanishi oʻrganish davomida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining Qarshi tuman Vasiylik Kengashi mansabdor shaxslari mansab vakolatini suiisteʼmol qilib, davlat yoki jamoat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazganligi holati aniqlangan, deya xabar beradi nasafnews.uz sayti.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Viloyat prokuraturasi tomonidan byudjet mablagʻlarini shu jumladan subsidiya mablagʻlarini maqsadli sarflanishi doimiy nazoratga olingan.
Muqaddam 2021-yil va joriy yilning oʻtgan davri davomida oʻtkazilgan tekshirishlarda jami 960 mln. soʻm mablagʻlari maqsadsiz sarflanganligi aniqlanib, 6 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu borada nazorat tadbirlari davom etmoqda.