Endilikda odamlar savollarini Googleʼga emas, sunʼiy intellekt chat-botlariga berishmoqda. Natijada ularga havolalar emas, tayyor javoblar taklif etilayapti. Bu esa veb-saytlardan foydalanishlarning keskin kamayishiga olib keldi.
Trafik qanchalik kamaydi?
Similarweb maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil iyunigacha insonlar tomonidan amalga oshirilgan qidiruvlar 15% ga kamaygan. Ilmiy saytlar 10%, Wikipedia va shunga oʻxshash maʼlumotnoma saytlari 15%, tibbiyotga oid saytlar esa 31% gacha trafik yoʻqotdi. Dotdash Meredith kabi yirik mediaxoldinglar Googleʼdan olinayotgan trafik 60% dan 35% ga tushganini maʼlum qilmoqda.
Vujudga kelayotgan nizolar
Koʻplab mediakompaniyalar AI kompaniyalari bilan litsenziya kelishuvlari tuzish yoki ularni sudga berish yoʻlini tutmoqda. News Corp, New York Times kabilar OpenAI, Perplexity, Amazonʼga qarshi sud daʼvosi bilan chiqishdi. Biroq AQSH sudlari, ayniqsa Kaliforniyadagilar soʻnggi ishlarda, koʻproq AI tomonni qoʻllab-quvvatlamoqda.
Yangi yechimlar
Cloudflare va Tollbit kabi kompaniyalar botlardan toʻlov undirishni sinab koʻrmoqda. ProRata esa AI javoblari ostidagi reklama daromadini manba saytlarga boʻlib berish modelini taklif qilmoqda. Masalan, Gist. ai 500 dan ortiq kontent saytlari bilan hamkorlik qiladi.
Internetning kelajagi
AI sabab saytlardan insonlarning foydalanishlari kamaysa-da, kontentga boʻlgan talab oshmoqda. Google maʼlumotiga koʻra, soʻnggi 2-yilda veb 45% ga kengaygan. Bu sunʼiy intellekt bilan “oʻqilayotgan” sahifalar koʻpayganini koʻrsatadi.
Agar internet veb-saytlarga asoslangan modelda faoliyatini davom ettirmoqchi boʻlsa, kontent yaratuvchilar va AI oʻrtasida iqtisodiy tizim joriy qilinishi shart. Agar bunga erishilmasa, veb butunlay oʻzgarib ketishi mumkin.