Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan 2019-yildan buyon Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Toʻra Bobolov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi va shu kunga qadar Toshkent shahri prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Ulugʻbek Berdiqobilovich Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Soʻzga chiqqanlar faollar voha ahli yangi rahbar atrofida jipslashib, keyingi yillarda qoʻlga kiritilgan yutuq va natijalarni yanada yuksaltirish, barcha soha va tarmoqlar boʻyicha qabul qilingan dasturlarni izchil amalga oshirish yoʻlida astoyidil mehnat qilishlarini taʼkidlashdi.

Maʼlumot uchun, Ulugʻbek Qosimov Surxondaryo viloyatining Muzrabot va Denov tumanlari hokimi, Surxondaryo va Fargʻona viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.