Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov izoh berdi.

Aniqlanishicha, voqea Surxondaryo viloyati Denov shahrida boʻlib oʻtgan.

YPX xodimi Lacetti avtomashina haydovchisini qarama-qarshi boʻlakda harakatlangani uchun toʻxtatib, tegishli hujjatlarini taqdim etishini soʻraydi. Biroq haydovchi YPX xodimining qonuniy talablariga boʻysunmasdan qarindosh urugʻlari bilan birga xodimga qarshilik koʻrsatadi.

Ushbu holat yuzasidan JKning 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Jinoyat ishi doirasida 3 nafar gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.