Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, masʼullar tomonidan oʻrganilganda ushbu xabarlar asossiz va haqiqatdan yiroq ekani koʻrindi.
Yaʼni, Qumqoʻrgʻon tumani Bobotogʻ mahallasida yuz bergan mazkur holatdagi shaxslar Moldova Respublikasi fuqarolari boʻlib, xoʻjalik buyumlarini sotib yurgan hamda tuman fuqarolari oʻrtasida kelishmovchilik kelib chiqqani aniqlandi.
Holat yuzasidan tan jarohati olganlar yoʻq.
Ushbu holat yuzasidan Qumqoʻrgʻon tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.