Bostonda joylashgan Alsym Energy kompaniyasi qayta zaryadlanuvchi arzon batareyani yaratdi. Bundan tashqari, u litiy-ionli batareyalar bilan ishlashda raqobatlasha oladi.
Batareya suvda ishlaydi. Shunday qilib, u atrof-muhit uchun ham mutlaqo xavfsizdir.
Uning elektrolitlari organik tuzlar mavjud boʻlgan suv boʻlib, ion oʻtkazuvchanligini va energiyani tejashni taʼminlaydi, shu bois batareya yonib ketmaydi.
Bunday akkumulyatordan birinchi boʻlib Hindiston avtomobil ishlab chiqaruvchisi foydalanadi.
Batareya arzonroq elektromobillarni yaratish uchun ishlatiladi, deb xabar beradi korrespondent.net.