Suyultirilgan gaz narxi qancha?

    Bilasizmi? 24 Noyabr 2020 19990

    Maishiy gaz ballonlarini taʼmirlash va sinovdan oʻtkazish uchun 1 yil toʻlanadigan summa 15000 soʻm, maishiy gaz ballonlarni almashtirish xizmati uchun toʻlovlar 3000 soʻm.

    Savol: Isteʼmolchi A.S.

    – Suyultirilgan gaz ballonlari toʻldirish uchun mendan 40 ming soʻm toʻlashimni aytishdi. Men bu summani toʻladim, qoʻlimda kassa cheki bor. Lekin suyultirilgan gaz narxi haqidagi savolimga gaz idorasi xodimlari tomonidan menga tegishli tushuntirish berilmadi, shu toʻgʻrimi?

    Mutaxassis javobi:

    Murojaatingiz Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan “Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filiali “Rishtontumangaz” boʻlimi bilan bilan birgalikda oʻrganib chiqib, sizga suyultirilgan gaz ballonlari narxi boʻyicha quyidagilarni maʼlum qiladi:

    Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 633-sonli qaroriga asosan 1 kg. Suyultirilgan gaz uchun 1120 soʻm, 20 kg. uchun 22400 soʻm qilib belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori va “Hududgaztaʼminot” AJning 2020-yil 9-iyundagi 150-sonli buyrugʻiga asosan preyskurant ishlab chiqilgan. Unga koʻra maishiy gaz ballonlarini taʼmirlash va sinovdan oʻtkazish uchun 1 yil toʻlanadigan summa 15000 soʻm, maishiy gaz ballonlarni almashtirish xizmati uchun toʻlovlar 3000 soʻm qilib belgilangan.

    Eslatib oʻtamiz! Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasida isteʼmolchining asosiy huquqlari belgilab berilgan. Unga koʻra, isteʼmolchi tovar(ish,xizmat)lar haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida toʻgʻri va toʻliq maʼlumot olishi mumkin.