Mamlakatimizda yangi Oʻzbekistonni barpo etish borasida boshlangan islohotlarning dastlabki kunlaridanoq yuksak marraga erishishda ilgʻor texnologiyalar asosida zamonaviy korxonalar ochayotgan, yuz minglab yangi ish oʻrinlarini yaratayotgan va dunyo bozorlariga jadal kirib borayotgan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash strategik vazifa etib belgilandi. Keyingi yillarda mana shu maqsadlar sari keng koʻlamli islohotlar bosqichma-bosqich kechmoqda.

Davlatimiz rahbari joriy yil 27 fev­ral kuni sud faoliyatini yanada yaxshilash, ochiqlik va raqamlashtirish darajasini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtka­zilgan yigʻilishda “Soʻnggi sakkiz yilda sudlarga doir 70 ga yaqin qonun, farmon va qaror qabul qilindi. Ularning mod­diy-texnik bazasi yaxshilandi. Bular aholi va tadbirkorlarning masalalari­ni hal etib, adolatni qaror toptirishga xizmat qilyapti. Oʻtgan yili sudlarda 3 milliondan ortiq masala koʻrib chiqildi. Bu — aholining huquqiy ongi oshib bo­rayotganidan dalolat”, dedi. Ushbu eʼtirof inson manfaatiga xizmat qiladigan, qonun ustuvorligini taʼminlaydigan odil sudlov sohasini takomillashtirish davlatimizning doimiy eʼtiborida ekanining isboti.

Prezidentimiz tomonidan sudlar oldiga tadbirkorlik, investitsiya, infratuzilma, yer, soliq, kredit, mehnat munosabatlari, shuningdek, tadbirkorlar faoliyatida uch­rayotgan muammoli masalalarni tahlil qi­lib, hukumatga va parlament muhokamasiga kiritib borish vazifasi qoʻyildi. Shunga muvofiq, Oliy sud tomonidan qayd etilgan masalalar boʻyicha sudlarda koʻrilgan ishlar chuqur tahlil asosida aniqlangan muammoli masalalar hukumat va parlament muhokama­siga muntazam ravishda kiritib borilmoq­da.

Bugungi kunda tadbirkorlik subyektla­riga oʻz huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish imkoniyati tobora kengaytirilmoqda. Bu borada sudlar fao­liyatida ochiqlik, shaffoflikni taʼminlash va qoʻshimcha qulayliklar yaratish, tadbirkor­larning odil sudlovga erishish darajasini oshirish, ularning sudga ishonchini mustah­kamlashga qaratilgan izchil islohotlar amal­ga oshirilmoqda.

Davlat organlari qarorlari va mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy harakatlari yo harakatsizligi ustidan shaxsning sudga shi­koyat qilish huquqining konstitutsiyaviy ka­folatlarini amalga oshirish masalasi juda muhim. Ushbu masʼuliyatli vazifani taʼ­minlashga xizmat qiladigan maʼmuriy sud­lar tashkil etilishi, shuningdek, iqtisodiy sudlarda ish yuritish soddalashtirilishi tadbirkorlarning sud himoyasiga erishish darajasini yanada oshirdi.

Xususan, 2022-2024-yillarda maʼmuriy sudlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari arizasi asosida 13 mingdan ortiq ish koʻrib chiqilib, ularning 6 mingga yaqini qanoat­lantirilgan. Bunda tadbirkorlik subyektla­rining buzilgan huquqlari tiklangani, shu­ningdek, iqtisodiy sudlar tomonidan 2024-yilda tadbirkorlarning daʼvosi asosida koʻrib chiqilgan 56 mingdan ortiq ishning 85 foizi qanoatlantirilgani tadbirkor­larning huquqlarini himoya qilishda sud­larning roli oshib borayotganidan dalolat beradi.

Oxirgi yillarda sud ish yurituvi sohasi­ga oid qator tartib-taomillar joriy etildi. Natijada sudlar orqali tadbirkorlarning oʻz huquqini himoya qilish va tiklash bilan bogʻliq byurokratik toʻsiq, ovoragarchilik va sarf-xarajatlar keskin qisqartirilishiga erishilmoqda.

Iqtisodiy protsessual kodeksida tad­birkorlik subyektlari va davlat organlari, jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va na­zorat qiluvchi organlar, banklar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqishda qonunchilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyat va noaniqliklar tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin etilishi bel­gilandi.

Bundan tashqari, “Davlat boji toʻgʻrisi­da”gi qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼ­yektlarining huquqlari va qonuniy manfaat­larini himoya qilish boʻyicha vakilga tadbir­korlik subyektlari manfaatlarini koʻzlab hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasiga palata aʼzolari manfaatida oldindan dav­lat boji toʻlamasdan sudning barcha instan­siyalariga murojaat qilish huquqi berildi. Qolaversa, kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyati doirasida sudlarga murojaat qi­lish chogʻida belgilangan stavkaning 50 foi­zi miqdorida davlat boji toʻlashiga oid imtiyoz belgilandi.

Bu haqda batafsil toʻxtalayotganimiz be­jiz emas. Chunki bu tizimli imkoniyatlar­ning barchasi bugungi kunda tadbirkorlarni sud orqali huquqiy himoyalashni yanada ku­chaytirish va mustahkamlashga xizmat qil­moqda.

Eng muhimi, iqtisodiy va fuqarolik sud ishlarini yuritish sohasiga soddalashtiril­gan tartiblar joriy etildi. Endilikda daʼ­voning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma ba­ravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan esa besh baravaridan oshmasa, daʼvo arizalari boʻyicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida, sud muhokamasini oʻtkazmasdan, taraflarni chaqirtirmasdan yigirma kundan oshmagan muddatda koʻrib chiqilmoqda. Shu asosda 2022-2024-yillar­da iqtisodiy sudlar tomonidan 42 mingdan ortiq ish soddalashtirilgan tartibda koʻ­rilib, hal etilgan.

Sudning axborot tizimi orqali muro­jaat qilishda sud hujjatlarini murojaatga ilova tarzida taqdim etishga oid majburiyat bekor qilindi. Bu bilan sudga murojaat qi­lishdagi byurokratik toʻsiqlarga barham be­rildi.

Tadbirkorlarning buzilgan va nizola­shilayotgan huquqlarini iqtisodiy sudlarda tezkor va sifatli koʻrib chiqish taʼminlan­moqda. Ayniqsa, ishlarni koʻrishdagi asossiz kechiktirishlarning oldini olish maqsadida sud ishlarini koʻrish, qoldirish va tanaffus qilishning qatʼiy muddati va holatlari bel­gilab qoʻyildi.

Muhim jihatlardan biri, “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinishi nati­jasida sud nizosini hal etishda yarashtirish tartib-taomillarini qoʻllash imkoniyati kengaydi. Birinchi instansiya sudida sud maslahatxonaga qaror qabul qilish uchun chiq­quniga qadar taraflarga mediativ kelishuv tuzish imkoniyati berildi.

Sudda taraflar oʻrtasida mediativ ke­lishuv tuzilganligi bois, ariza koʻrmasdan qoldirilgan hollarda davlat boji summa­si qaytarilishiga oid norma belgilab qoʻ­yildi. Xususan, mediatsiya tartib-taomili qoʻllangan iqtisodiy ishlar statistikasiga koʻra, 2020-2024-yillarda iqtisodiy sudlar tomonidan koʻrilgan 20 mingdan ortiq ishda mediatsiya taomili qoʻllangan va shundan 18 mingga yaqin holatda mediativ kelishuv tuzil­gani sababli davlat bojlari tadbirkorlik subyektlariga qaytarilgan.

Iqtisodiyot rivojida investitsiyaning oʻrni muhim ahamiyatga ega. Bu, oʻz navbatida, investorlar huquqlarini sud orqali himoya qilishning samarali tizimi yaratilishini taqozo etadi. Shu munosabat bilan investor­lar hamda davlat organlari oʻrtasidagi nizo va raqobatga oid ishlarning sudlovga taal­luqliligiga oid yangi tartib belgilandi.

Jumladan, yirik investorlarga taal­luqli nizolar va raqobatga oid ishlar, ta­raflarning xohishiga koʻra, Oliy sudning birinchi instansiya sudida toʻgʻridan toʻgʻri koʻrilishi mumkin. Ayni chogʻda boshqa in­vestorlar ishtirokidagi investitsiyaviy nizolar, ularning xohishlarini inobatga olgan holda, viloyat darajasidagi sudlar tomonidan birinchi instansiya sudida koʻ­rilmoqda.

Keyingi yillarda investitsiyaviy huquq­larni himoya qilishda sudlar faol ishtirok etmoqda. 2022-2024-yillarda iqtisodiy sud­larning birinchi instansiyasida 660 dan or­tiq investitsiyaviy nizo hal etilgani buning yaqqol tasdigʻidir.

Sudlarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash orqali tadbirkorlarga odil sud­lov imkoniyatidan foydalanishda ham qator qulayliklar yaratildi. Jumladan, sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnolo­giyalari keng tatbiq etilib, sudlarga masofa­dan turib elektron tarzda murojaat qilish, sud majlislarida videokonferensaloqa ti­zimi, shu jumladan, mobil vositalar orqali ishtirok etish, xolislikni taʼminlash maq­sadida sudyalar oʻrtasida ishlarni axborot tizimi orqali avtomatik tarzda taqsimlash, sud qarorlarini internet tarmogʻida eʼlon qilish, ijro hujjatlarini elektron shaklda majburiy ijroga yuborish tizimlari joriy etildi.

Odil sudlov sohasini raqamlashtirish­ni yanada kengaytirish maqsadida Oliy sudning interaktiv xizmatlar portali (my.sud.uz) ishga tushirildi. Natijada aholi va tadbirkorlar uchun odil sudlov imkoniyatidan foydalanishdagi barcha im­koniyatlar elektron va interaktiv shaklga keltirilib, byurokratik noqulayliklar bartaraf etildi.

Sudlarning axborot tizimi bilan davlat organlari va tashkilotlari axborot tizim­lari oʻrtasida muayyan ishni koʻrish jarayo­nida zarur boʻlgan maʼlumot va hujjatlarni tadbirkor va fuqarolarni ovora qilmagan holda bevosita sudlarning oʻzi tomonidan elektron shaklda olish tartibi amaliyotga joriy etildi. Bunda maʼlumotlar almashi­nuvining raqamli shaklga oʻtkazilgani katta ahamiyat kasb etdi.

Oliy sudning interaktiv xizmatlar por­talida sudlarga elektron shaklda murojaat qilish, sud xarajatlarini elektron tarzda toʻlash, qonuniy kuchga kirgan sud qaror­lari bilan tanishish, ishlar holatini on­layn kuzatib borish, sud chaqiruv qogʻozini elektron olish, sud majlisi jadvali bilan onlayn tanishib borish, dunyoning istalgan nuqtasidan turib sud majlislarida mobil videokonferensaloqa tizimi orqali ishti­rok etish kabi interaktiv xizmatlar joriy etildi.

Hozirga qadar sudlarning 6,4 milliondan ortiq qarori Oliy sudning interaktiv xiz­matlar portalida eʼlon qilindi.

Oliy sudda Jamoatchilik bilan ham­korlik markazi (PR markaz) hamda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda mat­buot xizmatlari tashkil etilgan. Aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish va sud hokimiyati ochiqligini oshirish yoʻlida muhim chora­lar koʻrilmoqda.

Bunday zamonaviy yondashuvlar evaziga odil sudlov samaradorligiga erishilmoqda. Sohadagi chora-tadbirlar fuqarolar va tad­birkorlik subyektlariga oʻz huquq va man­faatlarini himoyalash uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirish, umuman, odil sud­lovga erishishni oshirish hamda sudlar fao­liyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash imkonini berib, sudlar mustaqilligini taʼ­minlashga xizmat qilmoqda.

Kelgusida tadbirkorlarning sud orqali huquqiy himoyasini kuchaytirish va ularning odil sudlovdan qulay foydalanishi borasi­da bir qator tizimli ishlarni amalga oshi­rish rejalashtirilgan.

Jumladan, “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida bosqichma-bosqich barcha sudlarning axborot tizimlari negizida sunʼiy in­tellekt texnologiyalarini yaratish, sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyala­rini kengroq joriy qilish va sud sohasida raqamlashtirish ishlarini yanada samarali tashkil etish sud jarayonlarida byurokratik toʻsiq va korrupsiyaviy omillar bartaraf etilishiga zamin yaratadi.

Endigi navbatda tadbirkorlik subyektla­riga qulayliklar yaratish hamda sud ishlari­ni koʻrishni soddalashtirish maqsadida:

— sudga ariza berishdan oldin sunʼiy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasini hamda sarflanadi­gan xarajatlarni shakllantirish;

— murojaatlarni sudga faqat elektron shaklda yuborish;

— ishda ishtirokchilar sud binosiga tash­rif buyurmasdan sud muhokamalarida ma­sofadan turib qatnashishini taʼminlash;

— taraflar va ishda ishtirok etuvchi bosh­qa shaxslarga sud jarayonlarida ishga doir barcha materiallar bilan elektron shakl­da tanishish imkoniyatini yaratish;

— sud xarajatlarini elektron shaklda hisoblash va toʻlash, shuningdek, ijro varaqa­larini avtomatik ravishda ijroga yuborish;

sud ishlarini zamonaviy axborot tex­nologiyalaridan foydalangan holda toʻliq elektron tarzda yuritish;

sunʼiy intellekt yordamida sud maj­lisi bayonnomalarini real vaqt rejimida matn shaklida tayyorlash;

— sud hujjatlari loyihalarini avto­matik shakllantirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, sud sohasini ra­qamlashtirish va odil sudlov jarayonla­riga zamonaviy axborot texnologiyalari­ni joriy etishning 2025-2027-yillarga moʻljallangan dasturi ishlab chiqilmoqda. Dasturda quyidagi vazifalar nazarda tutil­moqda:

— 2025-yil 1-dekabrdan boshlab fuqa­rolar, advokatlar, yuristlar, sudyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasini ishga tushirish;

— 2025-yil yakuniga qadar sud hujjat­larini avtomatik tayyorlash maxsus axborot dasturini yaratish;

— 2026-yil 1-yanvardan boshlab “my.sud. uz” interaktiv xizmatlar portalida fuqaro­larga huquqiy yordam koʻrsatish modulini joriy etish, bunda sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan virtual maslahatchini yaratish, huquqiy murojaatlarga javob berish hamda sud maʼlumotlarini avtomatik yetkazish;

— 2026-yil 1-martdan boshlab fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va maʼmuriy huquqbu­zarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha dastlabki sud maʼlumotlarini fuqarolarga Yagona in­teraktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoniyatini yaratish;

— 2026-yil yakuniga qadar fuqarolarga odil sudlovga erishishda qulay imkoniyat­lar yaratish maqsadida 5 ta yangi interaktiv xizmatni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, sudning axborot tizimidagi “Shaxsiy kabinet” plat­formasining foydalanuvchilar uchun yanada qulay yangi versiyasini ishlab chiqish kabi qa­tor amaliy chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Shu bilan birga, “Raqamli hukumat” tizi­mi idoralararo integratsiyalashuv platfor­masi sudlarning axborot tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilinadi. Natijada sudda ishtirok etuvchi tadbirkorlardan ortiqcha maʼlumotlar talab etilishiga chek qoʻyiladi hamda ularning vaqt va mablagʻ bilan bogʻliq xarajatlari tejalishi, ortiqcha sansolar­likning oldi olinishiga erishiladi.

Sudlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash orqali tadbirkorlarga yanada keng qulayliklar yaratish maqsadida 2025- 2030-yillarda zamonaviy sud binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha chora-tad­birlar rejasi ishlab chiqilgan. Bunda yangi sud binolarini qurish va mavjudlarini mukammal taʼmirlashda “Raqamli sud” kon­sepsiyasi asosida sud majlisi zallarini tashkil etish hamda tadbirkorlar va sudya­lar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoit­lar yaratishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Sud hujjatlari ijrosini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalari­dan keng foydalanish orqali tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha qulaylik va imko­niyatlar yaratiladi.

Iqtisodiy sudlarda daʼvo arizasi boʻ­yicha ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish uchun daʼvoning maksimal bahosini oshirish orqali tad­birkorlarning buzilgan huquqlarini tezkor va sifatli himoya qilish imkoniyatlari yanada kengaytiriladi.

Muxtasar aytganda, tadbirkorlik subʼ­yektlarining buzilgan huquqlarini himoya qilishda maʼmuriy sudlarning rolini ku­chaytirish muhim ahamiyatga ega. Bunda maʼ­muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish, maʼmuriy sud ish yurituviga daʼvo institutini ki­ritib, daʼvo turlarini aniq belgilash, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda sudning faol ishtiroki prinsi­pini qoʻllash mexanizmlarini kengaytirish, huquqi buzilgan shaxsning xohishiga koʻra eksterritorial sudlovga tegishlilik me­xanizmini joriy etish — bularning barcha­si, shubhasiz, maʼmuriy sudlar tadbirkor­larning haqiqiy himoyachisiga aylanishida muhim qadamlar boʻlib xizmat qiladi.

Baxtiyor ISLOMOV,

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy sudi raisi