Tadbirkor 2022-yil 15-dekabr kuni Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasiga murojaat qilganidan soʻng, mutasaddilar tomonidan shu kunning oʻzida masala joyiga borib, atroflicha oʻrganildi.
Soʻng Davlat kadastrlar palatasi vakillari bilan oʻzaro muzokara olib borilib, ushbu koʻp yillardan buyon hal boʻlmayotgan, yaʼni yuqorida keltirilgan 523 ta xonadon egalariga qonun doirasida egalik qilish huquqi (kadastr xujjatlari) rasmiylashtirib berildi.