Tafsilotlarning yuqori darajasi kemaning ilgari ko'rinmagan qismlarini tomosha qilish imkonini berdi. Masalan, videoda siz langardagi yozuv bilan tanishishingiz mumkin — Noah Hingley & Sons Ltd.
“Ko'p yillardan so'ng biz ilgari qo'lga kiritilmagan yangi tafsilotlarni kashf etgan bo'lishimiz mumkin”, dedi ekspeditsiya a'zolaridan biri Rori Golden.
Kadrlarda langar zanjiri, chap langar, birinchi raqamli yuk bo'limi, bug' qozoni va bronza tayanchlar ham ko'rsatilgan.
Olimlarning fikricha, olingan kadrlar kema korpusi qanchalik tez vayron bo'lganini aniqlashga yordam beradi.