Joriy yilning 24-iyun kuni Janubiy Koreyaning Chunchon shahrida taekvondoning WT yoʻnalishi boʻyicha XXV Osiyo chempionati boshlanadi. Oʻzbekiston Taekvando WT assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabariga qaraganda, chempionatda mamlakatimiz terma jamoasi quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Zarnigor Husniddinova (-46 kg.), Dinora Muxtorova (-49 kg.), Charos Qayumova (-53 kg.), Feruza Sodiqova (-62 kg.), Svetlana Osipova (+73 kg.), Niyoz Poʻlatov (63 kg.), Ulugʻbek Rashitov (68 kg.), Jasur Jaysunov (74 kg.), Shuhrat Salayev (80 kg.), Nikita Rafalovich (87 kg.) va Shoxruh Rajabov (+87kg.).
Chempionat 27-iyun kuni nihoyasiga yetadi.