Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo WT boʻyicha kadetlar oʻrtasidagi jahon chempionati boshlandi. Musobaqaning ilk kunida oʻzbekistonlik besh nafar taekvondochi dayanga chiqdi. Eʼtiborlisi, ularning barchasi shohsupaga koʻtarilishdi.

Dastlabki kunda sovrindor boʻlgan oʻzbekistonlik taekvondochilar:

Bronza - Ahadjon Muxtorov,

Bronza - Javohir Hidoyatov,

Bronza - Nigora Aʼzamjonova,

Bronza - Omina Ergasheva,

Bronza - Rozalina Tolibjanova,

Eslatib oʻtamiz, kadetlar oʻrtasidagi jahon chempionati 31-iyulgacha davom etadi.

Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati