Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad «Talabaning universal bank kartasi» tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishni maqsad qilgan uchrashuvda, «Talabaning universal bank kartasi» loyihasining asosiy maqsad va vazifalari muhokama etildi.

Muloqot davomida, talabalar bank kartasidan guvohnoma sifatida foydalanishi, shuningdek, yotoqxonalar, kutubxonalar, sport majmualariga kirish, onlayn mikroqarzlarni rasmiylashtirish, omonatlar va elektron hamyonlar ochish, pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, shuningdek xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish va masofaviy bank xizmatlarining barcha turlaridan foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida «Talabaning universal bank kartasi» tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish yuzasidan qo‘shma qaror imzolandi.