Tarixida ilk bor odamga sunʼiy qon quyildi

    Buyuk britaniyalik olimlar tarixda birinchi marta laboratoriyada olingan qonni insonga quyishdi, deb xabar bermoqda Kembrij universiteti matbuot xizmati.

    Tadqiqot mualliflari Buyuk Britaniya Milliy sogʻliqni saqlash xizmati donorlari maʼlumotlar bazasidan inson qon namunalarini olib, sunʼiy qizil qon tanachalarini yetishtirishga muvaffaq boʻlishdi.

    “Umid qilamizki, laboratoriyada yetishtirilgan eritrotsitlar oddiy donorlarnikiga qaraganda uzoqroq yashaydi. Dunyoda birinchi boʻlib oʻtkazilayotgan sinovimiz muvaffaqiyatli oʻtsa, hozir muntazam ravishda uzoq muddatli qon quyishni talab qiladigan bemorlar kelajakda bunday muolajalarga kamroq ehtiyoj sezadilar. Bu ularning muolajalarini oʻzgartirishi mumkin”, deydi mazkur loyihaning yetakchi tadqiqotchisi Sedrik Givert.

    Sunʼiy qizil qon tanachalari anemiya va boshqa qon kasalliklari bilan ogʻrigan odamlarga, shuningdek, kamdan-kam uchraydigan guruhlarga ega bemorlarga yuborilishi mumkin.

    Bristol universitetining hujayra biologiyasi professori Eshli Toy shunday dedi: “Bu ildiz hujayralaridan qon ishlab chiqarish uchun oldinga tashlangan katta qadamdir”.

    “Bu laboratoriyada allogen donordan yetishtirilgan qonning birinchi marta quyilishi va biz klinik sinov oxirida hujayralar qanchalik yaxshi ishlashini koʻrganimizdan juda xursandmiz”, deydi u.

    Hozirda olimlar laboratoriyada yetishtirilgan hujayralarning umrini oʻrganishmoqda. Tadqiqot guruhi mazkur hujayralar bemorlar qabul qiladigan donorlarning standart qizil qon eritrotsitlariga qaraganda yaxshiroq samara berishiga umid qilmoqda.