Tatariston Prezidenti yuqori darajali barcha tashriflar, hukumatlararo va idoralararo doimiy uchrashuvlar Oʻzbekiston hamda Tatariston oʻrtasidagi samarali va barqaror hamkorlikning yorqin dalili ekanini taʼkidlab, Oʻzbekiston delegatsiyasining Qozon shahriga tashrifi buni yana bir bor tasdiqlashini qoʻshimcha qildi.
Tatariston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligi ostida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mahalliy aholi hamda xorijiy sayyohlarga yaqqol sezilayotganini alohida qayd etdi.
Aziz Abduhakimov, oʻz oʻrnida, Oʻzbekiston -Tatariston oʻrtasida koʻp tomonlama, xususan turizm, madaniy meros va sport sohalarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish haqida soʻz yuritdi va bunda xalqaro tadbirlarning oʻrni nihoyatda muhim ekanini taʼkidladi.
Qabul doirasida Rustam Minnixanov oʻzbekistonliklarni kelgusida Tataristonda oʻtkazilishi kutilayotgan sport tadbirlarida ishtirok etishga chaqirdi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.