Tekin pishloq qopqonda boʻladi

    Ijtimoiy tarmoqlarda o'zbekistonlik odam “meros” olaman deb, o'z uyini sotib, 90 ming dollarni firibgarlarga o'tkazib berdi, degan video xabar tarqaldi.

    Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xodimi Hamroqulov Umidjon maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, oʻzbekistonlik fuqaro nigeriyalik firibgarlarning firibiga uchib, katta «meros»ga ega chiqish maqsadida oʻzi yashab turgan uyni sotib pulini soxta tanishiga oʻtkazib bergan.

    Maʼlumotda aytilishicha, tuzoqqa tushgan odam hamon «katta meros»dan umidvor ekan.