“Fast Track” xizmati Toshkent xalqaro aeroportidan uchayotgan yo‘lovchilar uchun xizmat turidir. Bu xizmat yordamida yo‘lovchilar reysga ro‘yxatdan, bojxona va pasport nazorati, shuningdek, parvoz oldidan tekshiruvlardan navbatsiz o‘tishlari mumkin.
Telegram bot orqali xizmatni xarid qilish uchun Toshkent xalqaro aeroportini, so‘ng jo‘nab ketish terminalini va kerakli reysni tanlashingiz kerak. Keyin bot familiya va ismni lotin tilida kiritishni "so'raydi". Shundan so‘ng xizmat haqini Uzcard yoki Humo bank kartalari orqali to‘lash mumkin bo‘ladi.
"Eslatib o‘tamiz, Fast Track xizmati uchun to‘lovni uchishdan oldin terminalning o‘zida milliy valyutada yoki Uzcard, Humo, Visa, Mastercard va boshqalar orqali amalga oshirishingiz mumkin", deyiladi xabarda.
Yaqin kelajakda bot orqali Toshkent aeroporti xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilish funksiyasini kengaytirish rejalashtirilmoqda.









