Telekommunikatsiyalar tarmoqlari sohasidagi faoliyat uchun litsenziya qay tartibda olinadi?

    Arizani ko'rib chiqish uchun to'lanadigan yig'im miqdori BHMning bir baravari (300 ming so'm)ni tashkil etadi.

    Endilikda “Litsenziya” axborot tizimi orqali Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko'rsatish uchun litsenziya olish mumkin.

    Davlat xizmatini ko'rsatuvchi sub'ekt: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

    Murojaatlar quyidagilar orqali qabul qilinadi:

    license.gov.uz – “Litsenziya” axborot tizimi;

    my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

    Xizmatdan yuridik shaxslar foydalanadi.

    Arizani ko'rib chiqish uchun to'lanadigan yig'im miqdori BHMning bir baravari (300 ming so'm)ni tashkil etadi.

    Arizani ko'rib chiqish muddati – 10 ish kuni.

    Litsenziyalashda Vazirlar Mahkamasining Axborot faoliyati va ma'lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo'yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi bilan kelishish lozim bo'lgan hollarda 25 ish kunini tashkil etadi.

    Litsenziyaning amal qilish muddati:

    — teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlarini ko'rsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati – 5 yil;

    — ko'chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlar ko'rsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati – 15 yil;

    Litsenziyalanadigan faoliyatlarning qolgan turlariga litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.