Hamyurtlarimiz bugundan boshlab 12-martga qadar davom etadigan musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, Oksana Chusovitinani hisobga olmaganda, tarkib dastlabki ikki bosqichdan farq qiladi. Boku turnirida Chusovitina bilan birgalikda Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Rasuljon Abdurahimov, shuningdek, Asadbek Azamov, Oʻtkir Joʻrayev, Gulnaz Jumabekova, Lobar Amrillayeva ishtirok etishadi. Saralash bahslari bugundan boshlanadi.