Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov Boysun tumanidagi o‘rta va kasb-hunar maktablarida bo‘ldi

    Учрашувлар «Маънавият сектори» доирасида белгиланган вазифалар ижросини таъминлаш мақсадида ўтказилган.

    Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov Surxondaryo viloyatida «Ma’naviyat sektori» doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Boysun tumanidagi o‘rta va kasb-hunar maktablarida bo‘ldi.

    Maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan samimiy muloqot qilib, ta’lim maskanlarida ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirish borasida o‘zining tavsiyalarini berdi.

    Tadbir davomida maktablar o‘quvchilari uchun kitoblar, kompyuter, proyektor va sport anjomlari topshirildi.