“Termiz” xalqaro aeroporti 55 kunlik rekonstruksiyadan soʻng yana ishga tushirildi

    Transport 26 Dekabr 2022 2215

    Bugun, 26-dekabr kuni soat 08:15 da “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent — Termiz yoʻnalishi boʻyicha HY-65 reysi bortida 146 nafar yoʻlovchi bilan “Termiz” xalqaro aeroportiga qoʻndi.

    Ushbu aeroportni qayta qurish doirasida uzunligi 3000 metr va eni 60 metr boʻlgan yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi, yurish yoʻlaklari va uchta samolyot toʻxtash joyi uchun perronni oʻz ichiga olgan, yangi 4E toifali aerodrom majmuasi qurildi.

    Ayni paytda 377 milliard soʻmlik ishlar bajarilgan yangi aerodrom majmuasining qurish loyihasi 550 milliard soʻmga baholanmoqda. Loyihaning yakuniy bosqichi — uchta samolyot turar joyi va ikkinchi yurish yoʻlagi 2023-yilning apreligacha yakunlanishi rejalashtirilmoqda.