Korxona yiliga 10 ming tonna tayyor tikuv-trikotaj mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlib, tayyor mahsulotning 40 foizi ichki bozorga chiqariladi, 60 foizi eksport qilinadi.
Taʼkidlash oʻrinliki, ushbu tekstil korxonasida ish uch smenada tashkil etilishi natijasida Termiz shahri, Termiz va Jarqoʻrgʻon tumanlarida yashovchi 1500 nafar xotin--qizlar doimiy ish oʻrni bilan taʼminlanadi.
Korxonaning taqdimot marosimi tantanali tus oldi. Tadbirda viloyat hokimi Toʻra Bobolov, sektorlar rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.
- Korxonamizga ishga qabul qilingan xotin-qizlar, dastlab bir oy davomida mutaxassislar tomonidan oʻqitiladi, - deydi korxonaning xodimlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Malika Shaymardonova. - Tekinga emas albatta. Ularga 825 ming soʻm miqdorida ish haqi beriladi. 1,5 mln. soʻmdan 2,0 mln. soʻmgacha ish haqi toʻlanadi. Ishchi-xodimlar uchun 1,5 mln. soʻmdan 2,0 mln. soʻmgacha oylik maosh toʻlanadi, avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilib, ikki mahal bepul ovqat beriladi.
Azimbek Samadov,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.