Loyihaning umumiy qiymati 15 mlrd soʻmni tashkil etib, toʻliq tashabbuskor mablagʻi hisobidan qoplash koʻzda tutilgan. Yana bir ahamiyatli jihati — loyiha orqali 20 ta doimiy hamda 250 ta mavsumiy ish oʻrni yaratiladi.

Mutaxassisning maʼlum qilishicha, ushbu loyiha doirasida yillik 1,8 ming tonna oʻrik, 1,3 ming tonna shaftoli va 0,8 ming tonna uzum yetishtirish rejalashtirilgan. Mahsulotning yillik eksport hajmi ikkinchi yildan boshlab 7,7 mln AQSH dollari, oltinchi yildan boshlab esa 18 mln AQSH dollariga yetkaziladi.