Shundan keyin, tibbiy ko‘rsatmaga ko‘ra, bemorni shoshilinch ravishda shifoxonaga olib borish talab etilishi mumkin. Bu jarayonda hatto soniyalar hisobli. Biroq yurtimizda “Tez yordam”ning tezligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar, afsuski, hali ham uchrab turibdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning birinchi choragida “103” xizmatiga jami 893 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushgan. Shundan eng ko‘p ko‘rsatkich Toshkent viloyatida qayd etildi — 189 ta.
Keyingi o‘rindan 154 ta chaqiriq bilan Farg‘ona viloyati joy oldi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidan 114 ta, Toshkent shahridan 96 ta hamda Navoiy viloyatidan 84 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.
Eng kam yolg‘on chaqiriq esa o‘tgan uch oyda Samarqand viloyatida ro‘yxatga olindi — 2 ta.
— Ba’zan “103”ga qo‘ng‘iroq qilib, bemorni boshqa mashinada kasalxonaga olib ketish holatlari 🥹uchraydi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filiali direktori Ilhom Aslanov. — Bundan tashqari, chaqiruv manzilini noto‘g‘ri berish, ustiga-ustak, “Tez yordam” yetib borganida, eshikni ochmaslik, telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermaslik kabi noxush vaziyatlar ham takrorlanib turadi.
Yoki “103”ga murojaat qilib, tibbiyot brigadasi aytilgan manzilga endi yetib kelganida, chaqiriqni rad etish holatlariga ham guvohmiz.
Afsuski, bunday vaziyatlar “Tez yordam” faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, shifokorlarning belgilangan manzilga o‘z vaqtida yetib borishiga to‘sqinlik qiladi. Shunga qaramay, asossiz va yolg‘on chaqiriqlar statistikasi yildan yilga kamayayotgani ijobiy holat.