Olim “yoʻq boʻlib ketgan gominidlar (primatlar oilasi, jumladan, homo sapiens) genomi va inson evolyutsiyasi sohasidagi kashfiyotlari uchun” mukofotga sazovor boʻldi”, deyiladi qoʻmita bayonotida.

Pebu oʻz tadqiqotlari bilan ilm-fan olamida imkonsiz boʻlib tuyulgan ishni– neandertal genomini ketma-ketlashtirishni amalga oshira oldi. “U, shuningdek, ilgari nomaʼlum boʻlgan gominid - Denisovskiy odami haqida shov-shuvli kashfiyot qildi”, deb taʼkidladi qoʻmita.

Shvetsiyalik biolog, shuningdek, 70 ming yil avval Afrikadan koʻchib kelganidan soʻng yoʻqolib ketgan gomininlardan genlarning homo sapiensga oʻtishi sodir boʻlganligini ham aniqladi. Zamonaviy odamlarda bu genlar immunitet tizimining infeksiyalarga qanday javob berishini aniqlaydi, deyiladi tass.ru saytida.