Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining izohlashicha, tibbiy hisob hujjatlari orasida bir-birini takrorlaydigan shakllar optimallashtirildi. Masalan, qabul qilingan va rad etilgan homiladorlar, tuqqan ayollarni hisobga olish jurnalining muassasada yuritiladigan boshqa jurnallarda takrorlanadigan qismi olib tashlandi.
Birlamchi tibbiyot tizimi, shuningdek, qon bilan ishlash xizmati muassasalari xodimlari tomonidan yuritilayotgan tibbiy hujjat shakllarining yarmidan koʻpi qisqartilib, endilikda mazkur muassasa xodimlari tomonidan 25 turdagi tibbiy hujjat shakllari yuritiladi.
Davolash-profilaktika muassasalari 4 darajaga boʻlinadi:
- birinchi darajali muassasalarga oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari,
- ikkinchi darajali muassasalarga viloyat tibbiyot muassasalari,
- uchinchi darajali muassasalarga respublika tibbiyot muassasalari,
- toʻrtinchi darajali muassasaga Milliy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi kiritilgan.
Takomillashtirilgan hujjat shakllari
- shifoxona qabul boʻlimi jurnallari,
- shifoxona boʻlimlari,
- ambulator-poliklinika muassasalari,
- laboratoriyalar,
- muassasalar zararsizlantirish boʻlimlari,
- tashkiliy-uslubiy boʻlim xonalari,
- tez tibbiy yordam va sanitariya aviatsiyasi muassasalari, shuningdek,
- patologoanotomiya,
- sud-tibbiy ekspertiza,
- skrining,
- OISTga qarshi kurash markazlari,
- qon bilan ishlash muassasalarida, bundan tashqari
- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati muassasalarida yuritiladigan blank, karta va jurnallardan iborat.