Grant — ta'lim dasturi bilan bog'liq barcha xarajatlarni o'z ichiga oladi. O'quv mashg'ulotlari ikki bosqichda o'tkazilib, ular onlayn-kurs hamda Moskvadagi "Reakomp" Institutida kunduzgi ta'limdan iborat bo'ladi. Dastur bitiruvchilari ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilarga yordam berish maqsadida O'zbekistondagi teatrlarda ish bilan ta'minlanadilar.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar passport nusxasi, motivatsiya xati, avtobiografiya, rezyume, oliy yoki o'rta-maxsus ma'lumotni tasdiqlovchi hujjat nusxasini tiflo@acdf.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent sh., Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko'ch., 1-uy manziliga yuborishlari lozim.