“MDH Statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu Hamdoʻstlik mamlakatlari orasida eng yuqori koʻrsatkichdir. Togʻ-kon sanoati eng yuqori ulushga ega – 29,1%. Tojikiston oziq-ovqat sanoatida ham katta oʻsish kuzatildi: uning sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi 25 foizga yetdi va oʻtgan hisobot davriga nisbatan elektr energiyasini uchinchi oʻringa qoldirib ketdi”, dedi Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir.
Oʻtgan yili Tojikistonda 505 ta yangi korxona tashkil etilib, ularda olti mingga yaqin kishi doimiy ish bilan taʼminlangan, deb xabar beradi mir24.tv.