Uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi. Hususan, avtomobil transportida xalqaro tashuvlar va temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv doirasida ikki mamlakat temir yo‘l ma’muriyati rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar transport sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tegishli bayonnomani imzolashdi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.