Ushbu grant sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlash, kam taʼminlangan va himoyaga muhtoj guruhlarga ijtimoiy yordamni kengaytirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va kichik biznesni himoya qilish boʻyicha hukumatning muhim harakatlarini moliyalashtirishga yordam beradi.

Grant shartnomasi 23-iyun kuni TR moliya vaziri Fayziddin Qahhorzoda va OTBning Tojikistondagi doimiy vakili Pradip Srivastava tomonidan imzolangan, deya xabar beradi Osiyo taraqqiyot bankining Tojikistondagi vakolatxonasi.
Xabarda aytilishicha, COVID-19 Tojikiston iqtisodiyotini sezilarli darajada zaiflashtirdi, bu pul oʻtkazmalari, xalqaro savdo va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning keskin pasayishiga olib keldi. Xususan, transport, turizm, chakana savdo va moliya sohalarida pasayish kuzatildi.

Hukumat COVID-19 ning salbiy taʼsirini yumshatish uchun pandemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tayyorlash va ularga munosabat bildirish boʻyicha Milliy rejani qabul qildi.

Ushbu dastur hukumatga kasalxonalarni tibbiy buyum bilan taʼminlanishni kengaytirish hamda ayollar va erkaklar uchun alohida boʻlimlarga ega boʻlgan kamida 14 kasalxonada karantin sharoitlarini yaratishda yordam beradi. COVID-19 kasallari bilan ishlaydigan barcha tibbiyot xodimlarining ish haqini oshirish taʼminlanadi.