“15-fevral kuni respublikaning turli hududlarida sodir bo'lgan qor ko'chkilari natijasida qurbonlar soni 15 nafarga yetdi”, deyiladi matbuot markazi xabarida.

Avvalroq 14 kishi halok bo'lgani haqida xabar berilgan edi.

Suhbatdoshning ta'kidlashicha, Tojikistonning Tog'li Badaxshon muxtor viloyatining Xorug' shahri va Vanj tumanida 14 kishi, Dushanbe-Varzob avtomobil yo'lining 65-kilometrida yana bir kishi halok bo'lgan.

Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, Xorug' shahrida 12 kishi turli darajada jarohat olishgan, to'rtta uy butunlay vayron bo'lgan, 35 ta uy va beshta maishiy obyekt qisman zarar ko'rgan. Viloyat favqulodda vaziyatlar komissiyasi zararni aniqlaydi, deb xabar beradi tass.ru.