Yigʼilishda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari – Turizm va sport vaziri Аziz Аbduhakimov, vazirlik va Oʼzbekiston Milliy olimpiya qoʼmitasi mutasaddilari, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalarining masʼul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Yigʼilishda dastlab Olimpiya va Paralimpiya oʼyinlariga yoʼllanmalarni qoʼlga kiritgan sportchilardan bir guruhi hamda ularni tayyorlagan trenerlar pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Prezident qaroriga muvofiq, Olimpiya va Paralimpiya oʼyinlariga yoʼllanma olgan sportchilarning har biriga 100 million soʼm miqdirida, ularni tayyorlagan trenerlariga esa 50 million soʼm miqdoridagi pul mukofotlari uchun sertifikatlar topshirildi.

Mukofotlarni sportchilar va trenerlarga Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari, Turizm va sport vaziri А.Аbduxakimov hamda Oʼzbekiston Milliy olimpiya qoʼmitasi raisi R.Shoabduraxmonov topshirdi.

Quyida mukofotlangan sportchi va trenerlar bilan tanishing:

Olimpiya oʼyinlariga

Safaraliev Sobir Xusnitdin oʼgʼli – akademik eshkak eshish, 2000 m. LM 2x;

Treneri – Shugurov Dmitriy Vladimirovich;

Xolmirzaev Shaxboz Ibrohim oʼgʼli – akademik eshkak eshish, 2000 m. LM 2x;

Treneri – Didrix Vyacheslav Sergeevich;

Taxirova Muxtasar Jahongir qizi – Oʼq otish (10 m. miltiqdan otish, 50 m. pnevmatik miltiqdan otish);

Treneri – Kuznetsova Yelena Borisovna;

Paralimpiya oʼyinlariga

Isoqova Ziyoda Аbdugʼaffor qizi – Parataekvondo (-49 kg vazn toifasi);

Treneri – Qoʼziev Bobur Sobirovich;

Toxirov Zuxriddin Zoxir oʼgʼli – Parataekvondo (-61 kg vazn toifasi);

Treneri – Qoʼziev Bobur Sobirovich.