Yaponiya poytaxtida favqulodda holat tartibi uzaytirildi, deya xabar berdi dw.com sayti.

Tokiodagi Olimpiadada SARS-CoV-2 koronavirusining kunlik maksimal tarqalishi qayd etildi. 24 soat ichida yozgi Olimpiada o'yinlarida qatnashgan 29 kishi virus yuqtirdi. Bu haqda 4 avgust, chorshanba kuni “Tokio -2020” tashkiliy qo'mitasi saytida e'lon qilingan hisobotda ma'lum qilingan.

Kasallanganlar orasida to'rt nafar sportchi ham bor. Musobaqa ishtirokchilari orasida koronavirus bilan kasallanganlar umumiy soni 322 taga etdi. epidemiologik vaziyatning keskinlashuvi tufayli Tokiodagi favqulodda holat 31 avgustgacha uzaytirildi.

Bunday vaziyatda jamoat joylarida spirtli ichimliklar sotilishini taqiqlash, fuqarolarning ommaviy tadbirlarga kirishini cheklash ko'zda tutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Olimpiada musobaqalari tomoshabinlarsiz o'tkazilmoqda.