Hozirda issiq harorat tufayli konditsionerlardan muntazam foydalanish natijasida isteʼmol tobora ortmoqda. Maʼlum qilinishicha, zaxiralar minimal darajada boʻlgani sababli energiya taʼminotining barqarorligiga kafolat yoʻq.

Yaponiya hukumati “Tokyo Electric Power Company Holdings” kompaniyasi xizmat koʻrsatuvchi mintaqadagi elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar haqida ogohlantirish bilan chiqdi.

Oʻtgan yilda ham Yaponiya hukumati issiq harorat tufayli konditsionerlardan foydalanmaslik boʻyicha ogohlantirish bilan chiqqan edi.

“Deutsche Welle”  nashrining maʼlumotiga koʻra,  Yaponiyada ketma-ket kuchli jazirama kuzatilgan va aholi issiqdan najot izlab konditsionerlarni yoqishgan. Yaponiyada bu holat 2018-yildan beri kuzatilmoqda.  2018-yilda ham xuddi shunday issiqlik toʻlqinini boshidan kechirgan edi. Oʻshanda Tokioda tarixda birinchi marta 40 darajadan yuqori harorat qayd etilgan va haroratning sakrashi “tabiiy ofat” deb eʼlon qilingan.