“Toshkent — Chirchiq — Xojikent” tezyurar shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi

    Transport 24 Sentabr 2022 2080

    Shu yilning 24-sentyabridan boshlab haftaning shanba va yakshanba kunlari “Toshkent — Chirchik — Xojikent” yoʻnalishida tezyurar elektropoyezdlar qatnay boshladi.

    Qayd eitilishicha, “Toshkent — Chirchiq — Xojikent” temir yoʻl hududida yangi temir yoʻl oʻtkazgichlar qurilishi ishlari tugatildi, uchastka boʻylab temir yoʻl izlari taʼmirlandi, temir beton ustunlari yangilandi.

    Buning natijasida yoʻlovchilarning 1 soat vaqti tejaladigan boʻldi. “Toshkent — Chirchiq” oraligʻidagi elektropoyezdning harakatlanish vaqti 45 daqiqaga, “Chirchiq — Xojikent” oraligʻida 15 daqiqaga qisqardi va yoʻlga sarflanadigan umumiy vaqt 1 soat 40 daqiqani tashkil etdi.

    Bu haqda Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi kompaniyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

    Poyezdlar Toshkent janubiy vokzalidan va Xojikent bekatidan quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    6429-sonli Toshkent 07:10 — Xojikent 08:53

    6430-sonli Xojikent 09:18 — Toshkent 11:00

    6435-sonli Toshkent 13:38 — Xojikent 15:19

    6436-sonli Xojikent 15:44 — Toshkent 17:26