Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur yoʻnalishga 47 oʻrindiqli, konditsionerlar bilan jihozlangan, qulay “MAN RR3” rusumli turistik avtobuslar biriktiriladi. Yoʻl haqi 25 ming soʻm etib belgilangan.

Birinchi qatnov har kuni soat 06:00 da “Mashinasozlar” metro bekatidan boshlanadi. Avtobuslar har 1,5 soatda harakatlanadi.

Yoʻnalish Mashinasozlar metro bekati – Maxtumquli koʻchasi – Yangi Oʻzbekiston bogʻi – Xoʻjikent mavzesi – Chinorkent orqali Humson qoʻrgʻonigacha davom etadi.

Qatnov davomiyligi oʻrtacha 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Soʻnggi reys soat 20:30da Chorbogʻ tomondan yoʻlga chiqib, 22:00 da “Mashinasozlar” metro bekatiga yetib keladi.

Toʻlovni naqd pul va bank kartalari orqali amalga oshirish mumkin.