Лого Лого-пв-уз

    “Toshkent — Xiva — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha yoʻlovchi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi

    “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, “Toshkent — Xiva — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha 2022-yilning 12-dekabr kunidan qoʻshimcha yoʻlovchi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

    76-sonli “Toshkent — Xiva” yoʻnalishi 2022-yilning 12-dekabr sanasidan boshlab haftaning har dushanba kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    Toshkent 14:00 — Xiva 04:57

    75-sonli “Xiva — Toshkent” yoʻnalishi 2022-yilning 13-dekabr sanasidan boshlab, haftaning har seshanba kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    Xiva 14:47 — Toshkent 06:34

    IZOH: Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib oʻtamiz, chiptalarni nafaqat temir yoʻl kassalaridan yoki elektron tarzda ushbu havola orqali harid qilishingiz mumkin.