Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Zokir Bozorov maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 2022-2026-yillarda transport sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 5 ta yirik loyiha boʻyicha hujjatlar tayyorlash va oʻrganish ishlari davom etmoqda:

Bular:

Jahon banki maslahat koʻmagida amalga oshirilayotgan Toshkent-Andijon pullik avtomobil yoʻlini qurish loyihasi;

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki maslahat koʻmagida amalga oshirilayotgan Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yoʻlini qurish loyihasi;

Samarqand va Shahrisabz shaharlari orasida 66 kmlik avtomobil yoʻli va Tahtaqoracha dovonida 4,4 kmlik tunnel qurish loyihasi.