Shundan jismoniy isteʼmolchilarning qarzdorligi 1 trillion 165 milliard soʻmni tashkil etsa, 204 milliard soʻmlik qarzdorlik yuridik isteʼmolchilarning hissasiga toʻgʻri kelyapti.
AOKAda oʻtkazilgan brifingda "Oʻzsuvtaʼminot" AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov bu haqda batafsil maʼlumot berib oʻtdi.
Bu borada Respublika boʻyicha ichimlik suvi va oqova suv xizmatlaridan qarzdorlikni undirish yuzasidan tegishli huquqiy choralar koʻrilmoqda.
Jumladan, bugungi kunga qadar debitor qarzdorliklarni qisqartirish boʻyicha sudlarga jami 13 873 ta 71 milliard 523 million soʻmlik daʼvo arizalar kiritilgan. Shundan 5 761ta ariza yuzasidan 45 milliard 168 million soʻm undirilishi boʻyicha sud tomonidan qaror qabul qilgan.
Sudlarga Respublika boʻyicha eng koʻp daʼvo arizalari Toshkent shahri va Toshkent viloyati suv taʼminoti korxonalari tomonidan chiqarilgan boʻlib, har bir hududdan 4 236 tani tashkil etadi.
Shu bilan birgalikda, MIBga 31 milliard 37 million soʻmlik 5 897 ta ijro varaqalari berilgan boʻlsa, shundan 3 292ta ariza ishining 14 milliard 991 million soʻmlik mablagʻlari undirilgan.
Sohada aholining debitor qarzdorligi bilan bir qatorda ichimlik va oqova suv tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish va ulardan belgilangan qonun-qoidalarga rioya qilmagan holda foydalanish holatlari ham koʻp uchramoqda. Jumladan, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va hududiy korxonalari tomonidan oʻtgan davr mobaynida 65 ming 959 ta reyd tadbirlari oʻtkazildi.
Ushbu reydlar davomida 10 559 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlangan boʻlib, jami 74 mlrd 514 mln soʻmlik zarar yetkazilgan. Shuningdek, 7 273 ta holatda isteʼmolchilar tomonidan suv oʻlchagichdan foydalanish qoidalariga amal qilinmagani aniqlanib, 31 mlrd 19 mln soʻm zarar yetkazilgani aniqlandi.
Aniqlangan qoidabuzarliklarga nisbatan qonuniy choralar koʻrilmoqda. Jumladan, 2 376 ta isteʼmolchi tegishli tartibda tarmoqdan uzilib, 17 mlrd 985 mln soʻm zarar undirildi.