Ayni daqiqalarda kun tartibidan oʻrin olgan tadbirlari boʻlib oʻtmoqda, deya xabar qildi Yuz.uz muxbiri Z.Akbarova.
Bosh Assambleya Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi amaldagi prezidenti Kristi Koventri videomurojaati bilan boshlandi.
Assambleyada Sharqiy hududning Vitse-prezidenti janob Timoti Fok, Janubiy-sharqiy hududning Vitse-prezidenti Osiyo Dr. Norza Zakariya, Janubiy Osiyo hududi Vitse-prezidenti shahzoda Jigel Vangchuk, Markaziy Osiyo hududi Vitse-prezidenti Otabek Umarov, Shimoliy Osiyo Vitse-prezidenti Dr. Tani Al Kuvarining hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida Osiyo Olimpiya kengashiga aʼzo 45 ta mamlakat milliy Olimpiya qoʻmitalari rahbarlari, qolaversa, Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi, Butunjahon antidoping agentligi va xalqaro sport turlari federatsiyalari rahbarlari bevosita ishtirok etmoqda.
Maʼlumot uchun: Osiyo Olimpiya kengashining 46-bosh assambleyasiga ilk marotaba poytaxtimiz Toshkent mezbonlik qilyapti.