Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi maʼlumotiga koʻra, uchrashuv davomida joriy yil 26-noyabr kuni Toshkent shahrida MDHga aʼzo davlatlarning II xalqaro moliya-bank forumiga soʻnggi tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Vadim Kumin Oʻzbekistonning xalqaro tadbirlarni oʻtkazishdagi ulkan tajribasini taʼkidlagan holda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan II xalqaro moliya-bank forumi yuksak saviyada tashkil etilishiga ishonch bildirdi.
Eslatib oʻtamiz, 2019-yilda MDHga aʼzo davlatlarning I xalqaro moliya-bank forumi ham Toshkentda uyushtirilgan edi.
MDH MBK rahbariga yuqori darajadagi ishonch uchun minnatdorlik bildirib, bugungi kunda Oʻzbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu tadbirni tashkil etish boʻyicha faol ish olib borayotgani taʼkidlandi.
Uchrashuv natijasida tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldi.