Vaksinatsiya Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti tomonidan “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan vaksina yordamida amalga oshirilmoqda.

Ushbu vaksina klinik sinovlardan o'tgan bo'lib, Respublika virusologiya va immunolgiya ilmiy markazi va O'zbekiston Respublikasi Innovatsiyalar markazi tomonidan ma'qullangan.

Birinchilardan bo'lib vaksinatsiyadan Toshkent shahar IIBB boshlig'ining birinchi o'rinbosari polkovnik Muhiddin Jo'rayev o'tdi.